<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Mehr-muhabbat</title>
<lyrics>[V1]
 Gohida unutib insonligimni
 Isbotlab nafsga qurbonligimni
 Oʻtginchi xavas-u shuhratga uchib
 Kechirgil bilmasam nodonligimni

[C1]
   Garchi eng gunohkor farzandingman e voh
   Mehr-u muruvvating ayama Rabbim

[V2]
 Nelarga tushmagan axir bu koʻzim
 Nelarni demagan uzun til, soʻzim
 Ne-ne qilmishlarni bajarib qoʻlim
 Nahotki bariga sababchi oʻzim

[V3]
 Yuziga boqdim-u otajonimni
 Dilini yoqdimu onajonimni
 Ne savdolar solib ular boshiga
 Yetmadim qadriga jonajonimni
 Yoʻqlamay vaqtida doʻst-u birodarni
 Siylamay gʻarib-u muhtoj bemorni
 Fursat topa bilmay savob ishlarga
 Oʻtsa umr kechir men darbadarni

[V4]
 Baʼzan farzandimga boʻlib beshafqat
 Koʻnglini ogʻritib qoʻysam-u albat
 Unutib eng oddiy muruvvatni ham
 Uzr uzoqlashsa mendan oqibat
 Zulm koʻrib mendan juftu halolim
 Ogʻir botsa baʼzan mushkul malolim
 Urayin boshimni qaysi toshlarga
 Karaxtman qarshingda yoʻqdir savolim</lyrics>
<aka>Gohida unutib insonligimni</aka>
</song>